Osmoregulyasiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Osmoregulyasiya (yun osmos -turtki, bosim va lot. regulo — boshqaraman) — hayvonlar organizmi ichki muhitidagi osmotik faol moddalar konsentratsiyasini doimiy bir meʼyorda saqlab turishni taʼminlaydigan fizik va kimyoviy jarayonlar majmui. O. koʻpchilik hayvonlar uchun xos. Hayvonlarni osmotik bosim reaksiyasiga koʻra, poykilosmotik vagomoy-osmotik guruhlarga ajratish mumkin. Poykilosmotik hayvonlar tana-sida osmotik bosim muhit xususiyatlariga bogʻliq boʻlib, nisbatan keng chegarada oʻzgarishi mumkin. Gomoyos-motik hayvonlar osmotik jihatdan oʻzgarmas; tashqi muhit oʻzgarishidan qatʼi nazar ular tanasidagi suyuqlik bosimi nisbatan doimiy saqlanadi. Ichki muhit osmotik bosimi kuchiga nisbatan hayvonlar giperosmotik va gipoosmotik boʻladi. Ichki muhit suyuqligida osmotik faol moddalar konsentratsiyasi giperosmotik hayvonlar (quruklikda va chuchuk suvda yashovchilar, togʻayli baliqlar)da tashqi muhit bo-simiga nisbatan yuqori, gipoosmotik hayvonlar (dengiz suyakli baliklari, sudralib yuruvchilar va ayrim qisqichbaqasimonlar)da past, izoosmotik hayvonlar (dengiz mollyuskalari, igna-terililar va boshqalar)da esa teng boʻladi. O. giperosmotik hayvonlarda oziq bilan tuz, suvdan Na+ va S1~ ionlarini is-teʼmol qilish orqali sodir boʻladi. Bu jarayon jabralarda (mollyuskalar, qis-qichbaqasimonlar, baliqlar), terida (suvda va quruklikda yashovchilar), ogʻiz boʻshligʻi va kloakada (sudralib yuruvchilar), anal papillalarida (chivinlar qurtlari) joylashgan maxsus hujayralar yordamida roʻy beradi. Gavda qoplagichi orqali kiradigan suvning ortiqcha qismi ayirish organlari (qisqaruvchi vakuolalar, nefridiyalar va buyraklar) orqali chiqarib turiladi. Giperosmotik dengiz hayvonlarida O. qonda mochevina va trimetiloksidning toʻplanishiga bogʻliq. Gipoosmotik hayvonlarda O. dengiz suvini ichib, undan ortiqcha tuzlarni jabralarda joylashgan maxsus hujayralar yoki tuz ajratuvchi bezlar yordamida ajratib, uni chuchuklantirish orqali (sudralib yuruvchilar, qushlar) boradi. Ikki va-lentli ionlar esa ichak va buyrak yordamida ajratiladi. Sut emizuvchilarning buyraklari asosiy O. organi hisoblanadi. Oʻtkinchi baliklar (losos-simonlar va boshqalar) va ayrim qisqichbaqa-simonlar giper- va gipoosmatik O.ga ega boʻlib, dengiz va chuchuk suvda ham yashashi mumkin. Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarning har xil shoʻrlangan suvlarda yashashi hujayra O.si bilan bogʻliq. O. sistemasining nam tanqisli-giga moslashuvi bir qancha mexanizmlarni, konsentratsiyey xossasini oshirish orqali suvni tejash (kengurusimon kalamush), suvsizlanishga chidamlikning keskin oshishi (eshak), azotli almashinuvning oxirgi mahsuloti sifatida siydik kislotaning hosil boʻlishi (sudralib yuruvchilar, qushlar), tuz ajratadigan burun bezlarining boʻlishi (ayrim sudralib yuruvchilar) va boshqa ni oʻz ichiga oladi. O. refleks tarzida amalga oshadi. O.da gipofiz, buyrak usti bezlari, qalqonsimon bez va oshqozon osti bezlari hamda har xil sensor organlar va hara-kat sistemasi katnashadi. O. tufayli hayvonlar har xil muhitda yashashga moslashgan (yana qarang Moddalar almashinuvi).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil