Osmiyli iridiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Osmiyli iridiy - tugʻma elementlar sinfiga mansub minerallar guruhi. Osmiy va iridiyning tabiiy qattiq qorishmasi. Tarkibidagi komponentlar miqdoriga qarab har xil boʻladi. Qattiq qorishmalar geksagonal yoki kubik singoniyalarda kristallanadi, kristallar bir necha mkm dan 1 mm gacha tabletka yoki plastinka shaklida boʻladi. Metallsimon yaltiroq, magnit xossasi yoʻq. Tarkibida Ir koʻproq boʻlsa, rangi oq, Os koʻproq boʻlsa, qoʻngʻir-kulrang. Qattikligi 5— 7, zichligi 17600–22400 kg/m3. Osmiyli iridiy magmatik yoki gidrotermal yoʻl bilan hosil boʻladi. Oʻta asosli togʻ jinslarida tugʻ-ma platina, xromshpinelidlar, mis sulfidlari, baʼzan kvars tomirlarida tugʻma oltin bilan birga uchraydi. Tabiatda sochma holda juda kam miqdorda (100 mg/m3 gacha) boʻladi. Osmiyli iridiy minerallardan nevyanskit eng koʻp tarkal-gan, sisertskit kam; osmirid, tugʻma osmiy — juda kamyob minerallar. Osmiy, iridiy va ruteniy olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil