Osminoglar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Osminoglar (Octopoda), sakkizoyoqlilar — bosh-oyoqli mol-lyuskalar turkumi. Uz. 1 sm dan 60 sm gacha, qoʻllari bilan birga 3—5 m gacha, vazni 50 kg va undan koʻproq. Gavdasi oval, xaltasimon, boshi tanasidan sal ajralib turadi. Ogʻzi atrofida soʻrgʻichlar bilan qoplangan 8 ta qoʻli joylashgan. 200 turi maʼlum. 11 oilaga boʻlinadi. Deyarli barcha dengizlarda uchraydi. Urgʻochisi bir necha ming tuxumini suv tubiga yoki uyasi tomiga osib koʻyadi, baʼzan qoʻlida, argonavt chigʻanogʻida olib yuradi. Urgʻochisi tuxumlarini qoʻriklaydi va tozalab turadi. Bu davrda ular hech narsa yemasdan juda ozib ketadi va koʻpincha halok boʻladi. Inkubatsiya davri bir necha sutkadan 1 yil-gacha, 2 turi tirik tugʻadi. Suv tubida, suv qaʼrida yoki planktonda yashaydi. Zooplankton, baliklar, krablar, krevetkalar, mollyuskalar, baʼzan chuvalchanglar va ignaterililar bilan ozikla-nadi. Ayrim turlari doimo inida yashaydi. Koʻpchilik O.ning oʻz joyini tanish xususiyati yaxshi rivojlangan; xilma-xil va murakkab shartli reflekslar hosil qiladi; qoʻlga oson oʻrganadi. Tajribalarda O. qisqichbaqa solingan banka krpqogʻini ochishni bilgan; gʻovvos koʻlidan balikni bemalol olgan. O. goʻshti uchun sanoat miqyosida ovlanadi. Ayrim joylarda O. soni tez kamayib ketmokda. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil