Kontent qismiga oʻtish

Osiyo Xalqaro Universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osiyo Xalqaro Universiteti
Osiyo Xalqaro Universiteti
Xalqaro nomi
Asia International University (AIU)
Shiori Ustuvor maqsadimiz-yuqori saviyali kadrlar tayyorlash!
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2022-yil 10-noyabr
Rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich
Fakultetlar 3
Talabalari 21340 ta
Joylashuvi
Buxoro shahri, Yangiobod MFY, G`ijduvon ko`chasi,74-uy.
,
Oʻzbekiston
Veb-sayti https://www.oxu.uz/

Osiyo Xalqaro Universiteti (Buxoro viloyatida joylashgan xususiy universitetlardan biri) – Osiyo Xalqaro Universiteti Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 2022-yil 10-noyabr kunidagi 047757-raqamli litsenziyasiga asosan faoliyat koʻrsatishni boshlagan. Oʻzbekistondagi qator rasmiy OTMlar qatoriga kiradi. Universitet oʻz ichiga qamrab olgan 20 ta bakalavr, 8 ta magistratura, 25 ta ordinatura, 5 ta doktorantura va 4 ta masofaviy taʼlim mutaxassisliklari boʻyicha yoʻnalishlar mavjud boʻlib abituriyentlar kunduzgi, sirtqi taʼlim bilan birgalikda kechki taʼlim yoʻnalishida ham oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi. Osiyo xalqaro universitetida 3 ta fakultet 7 ta kafedra mavjud boʻlib, 30 dan ortiq dotsent, professor hamda 135 dan ortiq oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadi. Universitetda mavjud boʻlgan, 5 ta oʻquv binolari, 28 ta mutaxassislik boʻyicha yoʻnalishlar, 15000 dan ortiq talabalar, 330 ta professor-oʻqituvchilar, 12 ta zamonaviy kompyuterlar bilan jixozlangan xonalar, 30 ta laboratoriya xonalari mavjud[1].

Yoʻnalishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo Xalqaro Universitetida Bakalavr va Magistratura yoʻnalishlari mavjud.

Bakalavr yoʻnalishiga quyidagilar kiradi:

  • Pedagogika
  • Psixologiya
  • Boshlangʻich taʼlim
  • Maktabgacha taʼlim
  • Filologiya va tillarni oʻqitish
  • Tarix
  • Jismoniy madaniyat
  • Iqtisodiyot
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar
  • Davolash ishi
  • Stomatologiya
  • Farmatsevtika
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari
  • Konchilik ishi
  • Temir yoʻl trransporti
  • Kimyo sanoati
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
  • Energetika muhandisligi

Magistratura yoʻnalishlariga quyidagilar kiradi:

  • Boshlangʻich taʼlim
  • Pedagogika
  • Psixologiya
  • Iqtisodiyot
  • Jismoniy madaniyat va sport mashgʻulotlari
  • Taʼlimda axborot texnologiyalari
  • Morfologiya
  • Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti[2]
  • Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti[3]
  • Tibbiyot fakulteti[4]
  • Iqtisod[5]
  • Klinik fanlar[6]
  • Umumiy fanlar[7]
  • Tarix va Filologiya[8]
  • Umumtexnik fanlar[9]
  • Pedagogika va Psixologiya[10]
  • Jismoniy madaniyat

Osiyo Xalqaro Universitetini xozirgi kunga qadar boshqarib kelinayotgan rektori Dexkanov Suxrob Sobirovich[11]. Yoshlar siyosati va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha Birinchi prorektor Davronova Shaxlo Farmonovna[12]. Universitet Administratsiya boʻlim boshligʻi Dexkanov Bexruz Sobirovich[13]. Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Nurullayev Mirolim Nosir oʻgʻli[14]. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Ikramov Amirbek Aminovich[15]. Moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektor Bafoyev Ilxom Inoyatovich[16].

Hamkor tashkilotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo Xalqaro Universiteti yetakchi davlatlardagi universitetlari bilan hamkorlikni doimiy ravishda olib boradi. Xususan, bular qatorida Rassiyaning Qozon federal universiteti, Daffodil xalqaro universitet Istanbul Okan universiteti, Alanya universiteti, Al Mustaqbal universiteti, Lavras federal universiteti, Diponegoro universiteti, Superior universiteti, Novosibirsk davlat texnika universiteti va bir qator universitetlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.

  1. „oxu.uz“.
  2. „ijtimoiy-fanlar-va-texnika-fakulteti“.
  3. „iqtisodiyot-va-pedagogika-fakulteti“.
  4. „tibbiyot-fakulteti“.
  5. „iqtisodiyot“.
  6. „klinik-umumiy-fanlar“.
  7. „ummumiy-fanlar“.
  8. „tarix-va-filologiya“.
  9. „umumtexnika“.
  10. „pedagogika-va-psixologiya“.
  11. „rektor“.
  12. „yoshlar-siyosati-va-manaviy-marifiy-ishlar-boyicha-birinchi-prorektor“.
  13. „administration“.
  14. „o'quv-ishlari-boyicha-prorektor“.
  15. „ilmiy-ishlar-va-innovatsiyalar-boyicha-prorektor“.
  16. „moliya-iqtisod-ishlari-boyicha-prorektor“.