Orzigul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"ORZIGUL" — oʻzbek xalq ishqiyromantik dostonlaridan. Islom shoir Nazar oʻgʻlidan yozib olingan. Dostonning bosh qahramoni Orzigul xalqning eng yaxshi fazilatlarini oʻzida mujas-samlashtirgan, adolat yoʻlida kurash olib boruvchi ayol obrazidir. Orzigul hayoti, kurashi oʻsha davrning ijtimo-iy masalalari bilan bogʻlab talqin qilinadi. Orzigul bilan Suvonxon mu-habbati barcha toʻsiqlarni yengishga qodir qudratli kuch sifatida namoyon boʻladi. Asarda Orzigul, Suvonxon va Dono choʻponning Qoraxon podshoqoʻshinlari ustidan gʻalabasi adolat va haqiqatning roʻyobga chiqishi, zulmat ustidan yorugʻlik tantanasi sifatida aks ettirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil