Ortikon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ortikon (yun. orthos — toʻgʻri va ekion — tasvir) — yorugʻlik signallarini elektr impulslariga aylantirib be-radigan uzatuvchi televizion trubka. Amerika muhandislari A. Roz va X. Yams taklif qilishgan (1939). Uzatilayotgan tasvir O. nishoniga, yaʼni — obʼyekt tomondan yarim shaffof elektr oʻtkazuvchi qatlam (signal plastinka) bilan, elektron projektor tomondan mayda donachali fotoaktiv qatlam (mozaik fotokatod) bilan qoplangan yupqa shisha plastinkaga proyeksiyalanadi. Hosil boʻlgan yorugʻlik signali plastinka zanjirida videosignalga aylanadi. O. yori-tilganlik yetarli boʻlmagan sharoitda tasvirlarni televideniye orqali uza-tishda ishlatiladi. Ancha takomillashgan O. superortikon deb ataladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil