Orqa miya soʻxtasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Orqa miya soʻxtasi - zaxm kasalligining uchinchi yoki toʻrtinchi davrida orqa miyaning orqa ildizi va orqa ustunlarida roʻy beradigan degenerativ oʻzgarishlar. Bunda bemor muvozanatini yoʻqotadi, yurganida oyoklarini keng tashlab, koʻzi bilan kuzatib bosadi, koʻzini yumishga toʻgʻri kelsa, gandiraklab yiqilib tushishi ham mumkin. Soʻxtaning oxirgi bosqichida butunlay yura olmay qoladi. Bundan tashqari, pay reflekslari yoʻqoladi, boʻgʻimlar kechasi qattiq ogʻriydi, koʻzning koʻrish layoqati susayadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil