Orollar yoyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Orollar yoyi — kontinentdan oke-anga oʻtuvchi oraliq zonalardagi hozirgi geosinklinal sistemalari relyefida yaqqol koʻrinib turuvchi strukturalar. Orollar yoyi bir yoʻnalish boʻyicha joylashgan, okean va dengizlar suvi yuzasidan orollar koʻrinishida koʻtarilgan va chekka dengizlar oʻrnini chuqur suv osti novlaridan ajratib turuvchi togʻ tizmalaridir.

Orollar yoyining asosi eni 40–50 km, uz. 1000 km va undan ortiqboʻlgan suv osti tizmalaridan iborat. Tizmalar vulkanogen qatlamlardan tuzilgan va suv ustida orollar koʻrinishida chiqib turadi. Orollar yoyi koʻpincha ikki parallel qator tepalardan iborat boʻlib, aksari tashki qatori (chuqur suv osti noviga qara-gani) suvning tagida joylashgan. Bu holda qator tepalar chuq. 3—4,5 km li boʻylama depressiya bilan ajralgan boʻladi. Yoriklar zonasida koʻndalang depressiyalar ham bor. Orollar yoyi, ayniqsa, Tinch okeanning gʻarbiy chekkasida yaxshi rivojlangan. Orollar yoyi rivojlanishining dastlabki bosqichida okean osti Yer poʻsti qalinlashadi (mas, Maria-na Orollar yoyi). Soʻnggi bosqichda yirik orollar yoki yarim orollarni (mas, Yaponiya o.lari, Kamchatka yarim orol, Yangi Gvineya) hosil qiladi. Bu yerlarda Yer pusti tuzilishiga kura, kontinental tipiga yaqin boʻladi. Orollar yoyi uchun jadal vulkanizm, kuchli zilzilalar xos.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil