Orolboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Orolboy — qoraqalpoqlarning oris oʻn toʻrt urugʻ deb atalgan qabilaurugʻ guruhiga kiradigan urugʻ. O.lar Xiva xonlari arxivi harakatlarida koʻrsatilishicha, 260 xoʻjalik va 3 biylikdan iborat boʻlib, xonlikka 52 otliq navkar, hashar ishlariga 156 qazuvchi berish majburiyatini bajargan. O.lar Kegeyli boʻylariga koʻchib kelib, Orolboyyop kanalini qaziganlar. Ularning 142865 tanob ekinbop va yaylov yerlari boʻlib, har yili xonlikka 520 tilladan soliq toʻlaganlar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil