Orlando Lasso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Lasso Orlando [aslida Rolan de Las-syu (Roland de Lassus); taxminan 1532, Belgiyadagi Mons shahri - 1594.14.6, Myunxen] — frank-flamand kompozitori, polifoniya uslubining yirik ustasi, niderland maktabiiint asoschilaridan. Bolalikdan cherkov xorida kuylagan. 1544-yildan Italiya, Fransiya, Angliya mamlakatlarida xizmat qilib, turli milliy musiqa uslublarini ijodiy oʻzlashtirgan. 1560-yildan Myunxen saroy kapellasini boshqargan. Butun Yevropada mashhur boʻlib, "beliiyalik Orfey" nomiga sazovor boʻlgan. L. oʻz davrining barcha diniy (messa, motet) hamda dunyoviy (italyan madrigali, vilanella, fransuz shansoni, koʻp ovozli nemis qoʻshigʻi va boshqalar) musiqa janrlariga murojaat etib, 2000 dan ziyod asarlar yaratgan. Uning ijodi 16-asr xor polifoniyasining choʻqqisidir. Antik va Uygʻonish davridagi shoirlar sheʼrlariga bastalagan vokal asarlarida turli "qahramon" va "jonli saxna"larni alohida mahorat bilan ifodalab bergan. Asarlarning aksariyati 16-asrning oʻzida nashr etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil