Oriya
Qiyofa
Oriya, utkali — Hindistondagi xalq. Orissa shtatining asosiy aholisi (32,2 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari). 50 ming kishiga yaqini Bangladeshda yashaydi. Oriya tilida soʻzlashadi. Dindorlari hinduizmga eʼtiqod qiladi.
Qadimgi manbalarda Oriyalar sanskritcha odra va utkala nomi bilan tilga olingan. Oriyalar odra desha (odra xalqi mamlakati) yoki utkala desha (utkala xalqi mamlakati) deb ham atalgan. Oriyalar ajdodlari hozirgi Orissa hududida miloddan avvalgi 1-ming yilliqda paydo boʻlib, oriplarning Hindistonga tarqalish davriga toʻgʻri keladi. 1956-yilda oʻz mustaqil shtatlariga ega. Dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |