Orif Rasulov
Qiyofa
Orif Hakimovich Rasulov (1908.12.11, Qoʻqon — 1975.14.2, Toshkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), professor (1970). Toshkent yuridik institutida katta oʻqituvchi (1933—1937), Oʻzbekiston prokurorining yordamchisi, keyinchalik oʻrinbosari (1937— 42). Ikkinchi jahon urushi yillari armiyada siyosiy ishlarda, soʻng harbiy prokuror (1942—1945). Toshkent yuridik institutida, Toshkent Davlat Universitetining yuridik fakultetida dotsent, kafedra mudiri (1948—1973). R.ning ilmiy ishlari huquq tarixi va jinoyat huquqiga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Rasulov Orif Hakimovich" OʻzME. R-harfi (Wayback Machine saytida 2022-02-03 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |