Organik geokimyo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Organik geokimyo - Yerning turli geosferalaridagi organik moddalarni oʻrganuvchi geokimyo fanining boʻlimi. O.g. vazifasi organik birikmalarning yuzaga kelishi, shakli va kelgusida ular tarkibining oʻzgarishi va tarqalish qonuniyatlarini tadqiq etishdan iborat. O.g., shuningdek, tirik organizmlarning kazilmalar shakliga (jumladan, mikroorganizmlar ishtirokida) oʻtishini, bu moddalar paydo boʻlish sharoitlari va omillarini hamda ularni issiklik, yuqori bosim va boshqa geologik omillar taʼsiri ostida yana oʻzgarib, togʻ jinslariga va yonuvchi foydali qazilmalarga aylani-shini ham oʻrganadi. Neft va kumir geokimyosi mustaqil ilmiy yoʻnalish sifatida shakllangan. O.g.ning muhim boʻlimi rudali konlarni (uran, oltin, simob, mis, vanadiy, germaniy va boshqalar) paydo boʻlishida va Yer poʻstidagi bir qancha kimyoviy elementlarning migratsiyasi va toʻplanishida organik moddalar ishtirokini oʻrganish ustida ish olib boradi. O.g. kosmik jismlarning organik moddalarini tadqiq qiluvchi organik kosmokimyo bilan uzviy bogʻliq.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil