Organik arxitektura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Organik arxitektura - 20-asr meʼmorligida Yevropada paydo boʻlgan yoʻnalish, oqim. Inshoot va binolar shakli va tuzilishi atrof muhit bilan uygʻunlashgan holda tabiiy materiallardan boʻlishi kerak, degan gʻoyani ilgari suradi (mas, qabulxona, villalar, dangʻillama uylar, shahar tashqarisidagi mehmonxonalar). Bu gʻoya ilk bor 1890 yilda amerikalik meʼmor L. Salliven tomonidan targʻib qilingan, keyinchalik shogirdi F. Rayt ijodida nazariy va amaliy jihatdan rivojlantirilgan. Organik arxitektura taʼsirida AQSH, Italiya, Fransiya, Yaponiya va Skandinaviya mamlakatlarida mahalliy meʼmoriy maktablari vujudga keldi. F. Rayt vafotidan soʻng (1959), Organik arxitektura 60-yillar meʼ-morligidagi turli oqilona uslublar bilan aralashib ketdi. Uning yangi shakllarini hosil qilishdagi umumiy qoidalar, baʼzi bir usullar hozirgi zamon meʼmorligi dizaynida va badiiy qurilishlarda keng foydalanilmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil