Orenburg savdo yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Orenburg savdo yoʻli - Rossiya bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasidagi savdo yoʻli. Rossiya hukumati 18-asrning 30-yillarida Qozogʻiston yerlarini oʻzlashtirish va Oʻrta Osiyo bilan savdoni rivojlantirish maqsadida Yoyiq daryosiga quyiladigan Oʻr daryosi yonida harbiy qalʼa qurishga kirishib, K. Kirillov boshchiligida Orenburg ekspeditsiyasini tashkil etdi. Ekspeditsiyaga harbiy qalʼa qurish bilan birga oʻzbek xonliklari bilan aloqalarni rivojlantirish hamda oʻzbek savdogarlariga imtiyozlar berish vazifalari yuklatiddi. Orenburg shahri kelajakda Rossiyaning Turkiston oʻlkasi bilan diplomatik, iqtisodiy aloqalarida muhim oʻrin tutishi lozim edi. Hukumat koʻrsatmasida Toshkent, Xoʻjand, Xiva, Buxoro bilan aloqani yuksak darajaga koʻtarishga alohida ahamiyat beriddi. Bu-xoroga 1-marta savdo karvoni yuborila-digan boʻldi, oʻzbeklarga Rossiyada doimiy yashashga ruxsat ham berildi.

1735 yil avg .dan Orenburg shahriga poydevor qoʻyildi, unda toshkentlik savdogarlar ham qatnashgan. 1744 yilda Orenburg gubernyasi tashkil topdi. Rossiya hukumati Oʻrta Osiyodan inglizlarni surib chiqarish uchun xonliklar bilan har qanday yoʻl bilan boʻlsada diplomatik munosabatlarni qoʻllab-quvvatladi, ularning elchilarini izzat-ik-rom bilan kutib oddi.

Tashqi ishlar kollegiyasi 1750 yilda Orenburgga Xiva xoni Gʻoyibxon vakillari kelganligini bilgandan soʻng gubernator Neplyuyevga elchi orqali xonga tabrik va sovgʻa yuborishni topshiradi va savdoni ragʻbatlantirish, Orenburgga koʻplab savdogarlarni yuborishni taklif etadi. 1753 yilda Xiva va Buxoroga Danilo Rukavkin boshchili-gida savdo karvoni keladi.

Orenburg savdo yoʻliyilning uzunligi taxminan 2226 km boʻlib, karvon uni 50—60 kun mobaynida bosib oʻtgan.

1757, 1761 va 1763 yillarda Xiva elchilari Orenburg va Astraxonga keladi. Soʻngra elchi har yili aprel va avg . oylarida Xiva mahsulotlarini Astraxonga tashib berish uchun Mangʻishloqqa rus kemalarini yuborishni soʻraydi. 1774 yilda Buxoro elchisi Ernazar Mak,-sutov Kaspiy dengizi atroflarida bepul savdo qilishga ruxsat oladi. Shundan soʻng buxoroliklarga Rossiya orkali Makkaga haj safariga borishga ruxsat beriladi. O.yey. Rossiyaning Oʻrta Osiyo xonliklari bilan iqtisodiy, siyosiy va savdo-sotiq ishlarini kuchaytirishda muhim rol oʻynadi.

Nazirboy Tojiboyev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil