Orasoy tekisligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Orasoy tekisligi - Baxiltogʻ va Qoratogʻ oraligʻi (Navoiy va Buxoro viloyatlari)dagi tekislik. Balandligi sharqiy qismida 800 m, gʻarbiy qismida 300—400 m boʻlib, Qizilqum choʻliga tutashib ketgan. Tekislik toʻrtlamchi prolyuvial, qisman delyuvial yotqiziqlardan tashkil topgan. Och boʻz tuproqlarda shuvoq, efemer va efemeroidlar usadi. Yaylov sifatida foydalaniladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil