Oran

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oran — Jazoirning shim.-gʻarbiy qismidagi shahar. Oran viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 650 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Yirik transport va savdo-sanoat markazi. Port (chetga vino, alfa oʻsimligi va boshqa qishloq xoʻjaligi xom ashyosi chiqaradi). Oziq-ovqat, metallsozlik, kimyo, oyna-shisha, metallurgiya, toʻqimachilik, sement sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Un-t, islom sanʼati muzeyi bor. Shaharga 10-asrda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklaridan qad. qalʼa qoldiklari, mayejid (18-asr) saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil