Oqqovoq GESlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oqqovoq geslari - Oʻzbekistonda qurilgan dastlabki gidroelektr stansiyalari. Toshkent viloyatidagi Chirchiq-Boʻzsuv kanalida qurilgan. 1-GES 1941 yil noyabrda kurila boshlab, 10,7 ming kVt quvvatga ega boʻlgan 1-navba-ti 1943 yil 7 martda ishga tushirilgan. 2,61 ming kVt quvvatli 2-navbati 1946 y iyulda qurila boshlanib, 1951 yil iyulda tugallangan. GESda yiliga oʻrta hisobda 170 mln. kVt-s elektr energiya-si hosil qilinadi. "Oʻzbekenergiya" davlataksiyadorlik kompaniyasining "Chirchiq GESlar kaskadi" shoʻʼba korxonasi tarkibida. 2-GES 4 km quyiroqda, 1943—46 yillarda qurilgan. GES tuproq-toʻgʻon, uz. 2833 m boʻlgan ochiq derivatsiya kanali, bosim havzasi, stansiya binosi va ochiq elektr taqsimlash qurilmasvdan iborat. Stansiya binosida umumiy quvvati 9 ming kVtli 2 ta agregat oʻrnatilgan. GESda yiliga oʻrta-cha 65 mln. kVt-s elektr energiyasi hosil qilinadi, "Krdriya GESlar kaskadi" shoʻʼba korxonasi tarkibiga kiradi.

Elektr stansiyalar Toshkent viloyatining yirik sanoat korxonalarini va aholini elektr energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil