Oqpadar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oqpadar, oq qilish — ota-ona tomonidan oʻz bolasini farzandlikdan maʼnaviy mahrum etish. Oʻgʻil yoki qiz juda qattiq gunoh (vatanga xoinlik, qotillik, buzuklik va boshqalar), no-joʻya xattiharakat bilan ota-onaga no-mus keltiradigan ish qilsa, ota-ona bunday farzanddan voz kechgan va oʻz qarorini koʻpchilik oldida ochikdan-ochiq eʼlon qilgan. Oq qilingan farzandlar "oqpadar" deb atalgan (aksariyat, farzandlarini otalar (padarlar) oq qilganlari uchun shunday atalgan). Ular merosdan maxrum etilgan va uydan badargʻa qilingan, ularga qiz bermaganlar, jamoatga aralashtirma-ganlar. O.lar koʻpincha el-yurtdan chiqib, musofirlikda yashashga majbur edi. O. ota-ona tomonidan farzandlariga beriladigan eng oliy axloqiy jazo qisoblanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil