Kontent qismiga oʻtish

Oqmasjid juma masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqmasjid juma masjidi

Oqmasjid juma masjidining bugungi ko`rinishi
Umumiy maʼlumot
Maqomi musulmon masjidi
Meʼmoriy uslubi islomiy, qrim-tatar arxitekturasi bo`yicha
Joylashuvi Simferopol (Rossiya va Ukraina o`rtasidagi bahsli hudud)
Qurilishi tugagan 2020-yilda foydalanishga topshirilgan
Balandligi
Balandligi 58 metr
Dizayn va konstruksiya
Quruvchi Idris Yunusov, Emil Yunusov
Oqmasjid juma masjidi

Oqmasjid Juma masjidi (qrim tatarcha: Акъмесджит Джума Джамиси), yoki Buyuk Juma masjidi (qrim tatarcha: Бюйюк Джума Джамиси, ukraincha: Велика соборна мечеть Qrimning Oqmasjid (Simferopol) shahridagi eng yirik masjid boʻlib, Qrim yarimoroli Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan keyin 2015-yildan buyon qurilishi davom etmoqda. Rejaga koʻra, qurilish 2020-yil 21-aprelda yakunlanishi kerak edi, biroq reja 2021-yilga koʻchirildi.

Qrim-tatarlar jamiyati 1996-yildan beri hozirgi joyida masjid qurishga ruxsat soʻrashgan. Biroq bu soʻrovlar Sevastopol shahar kengashi tomonidan turli sabablarga koʻra rad etilgan (ijobiy qaror 2004-yilda qabul qilingan, ammo u 2008-yilda bekor qilingan). Uning joylashuvini Yalta shossesi 22-uydan Logovaya koʻchasi 6-uyga oʻzgartirish taklif qilindi.[1] 2008-yil yanvar oyida tatarlar kengashning harakatsizligiga norozilik sifatida oʻsha joyda chodirlar qurdilar va 100 000 ga yaqin ohaktosh boʻlaklarini tashishni boshladilar.[2][3][4]

2011-yil 3 martda hududga o'rnatilgan tosh lavha

2008-yil fevral oyida Qrim Avtonom Respublikasi Xoʻjalik sudi shahar kengashidan Yalta shossesi boʻylab qurilish uchun ruxsat berishni talab qilganida, Simferopolning oʻsha paytdagi rahbari Gennadiy Babenko shunday dedi:[3]

Birinchidan, Qrim iqtisodiy sudining qarori hali kuchga kirmagan va, albatta, biz uning ustidan shikoyat qilamiz. Ikkinchidan, shahar aholisining mutlaq koʻpchiligi u hudud oʻrmon bogʻi hududi boʻlishini qat’iy talab qilmoqda... Agar boshqa diniy konfessiya vakillari oʻz ibodatxonalarini qoʻriqlanadigan hududda, aslida esa biz suv ichadigan suv ombori yaqinida qurish haqida talab qo`ysa, ularga munosabatimiz aynan bir xil bo'lardi. Ekologlar bilan bog'laning, suv resurslarini boshqarish bo'limiga murojaat qiling - ular sizga hamma narsani tushuntirishadi va ko'rsatishadi. Gap aslida odamlarning salomatligi va hayoti haqida bormoqda, tushundingizmi?

— Gennadiy Babenko, Simferopol rahbari, 2008-yil mart

2009-yil oktabr oyida Nyu-York Tayms gazetasi loyiha va u bilan bogʻliq boʻlgan mahalliy aholi oʻrtasidagi ziddiyatlar haqida xabar berdi. Tatarlarning rahbariyat taklif qilgan muqobil joylarda ruxsat berish haqidagi vaʼdalariga amal qilmasligidan xavotirlarini keltirdi. Qrim-tatar xalqi majlisi aʼzosi Refat Chubarovning soʻzlariga koʻra, masjid loyihasi uchun 10 million dollardan oshiq mablagʻ sarflanishi kutilmoqda. Bu mablagʻning katta qismi Turkiya va boshqa xorijiy donorlar tomonidan taqdim etiladi.[4]

Nihoyat, 2011-yil 15-fevralda shahar Kengashi rozi boʻldi va Qrim musulmonlari diniy boshqarmasiga 2,8 gektar yer uchastkasida qurilish uchun ruxsat berdi va mart oyida Qrim tatarlari jamiyati boʻlajak masjid joylashadigan hududga katta yodgorlik toshi qoʻydi. Biroq, qurilish faqat 2014-yil aprel oyida Ukraina va Turkiya prezidentlari oʻrtasidagi sammit vaqtida boshlanishi rejalashtirilgan edi. Bunda ular ham qurilish maydonchasini ochilishida ishtirok etishlari kerak edi. Loyiha Rossiya anneksiyasi tufayli keyinga qoldirildi.[5]

Qurilish ishlari 2015-yil sentabrida qayta boshlanib, yakuniy muddat bir necha marta 2020-yil boshidan 2021-yilga koʻchirildi[6] 2015-yil sentabrida qisman tan olingan[7] Qrim bosh muftiysi Emirali Ablayev qurilish loyihasi Turkiya hukumati tomonidan moliyalashtirilishi va turk qurilish kompaniyasi tomonidan qurilishi haqida eʼlon qildi.[8] Biroq, mahalliy va Rossiya homiylarining shaxsiy xayr-ehsonlari ham toʻplandi.[9]

  1. „"Бабенко настаивает, чтобы Джума-Джами построили на ул. Луговая, 6" [Babenko insists that the mosque should be built on Lugovaya street 6. QHA (in Russian). Archived from the original on 2019-03-08. Retrieved 2021-10-13.“]. 8-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
  2. „"В Симферополе татары разбили палаточный городок, требуя землю под мечеть" [The Tatars set up a camp near Simferopol, demanding land for a mosque. Комментарии Украина (in Russian). 2008-01-23. Archived from the original on 2021-03-30. Retrieved 2021-10-13.“].
  3. 3,0 3,1 „"Cоборная мечеть. Конфликт продолжается" [Friday mosque. The conflict goes on. Ислам в Украине (in Russian). 2008-03-05. Archived from the original on 2019-06-24. Retrieved 2021-10-13.“].
  4. 4,0 4,1 „Crimean Mosque Project Stirs Debate and Trauma“ (inglizcha). The New York Times.
  5. „Levy, Clifford J. (2009-10-30). "Crimean Mosque Project Stirs Debate and Trauma". The New York Times. ISSN 0362-4331. Retrieved 2021-10-13.“.
  6. „Solovey, Oleg (2014-04-16). "Оккупация Крыма заставила отложить строительство Соборной мечети в Симферополе" [Construction of the Large Mosque of Sevastopol has to be postponed due to the Occupation of Crimea. Крым.Реалии (in Russian). Archived from the original on 2019-01-22. Retrieved 2021-10-13.“].
  7. „"Соборная мечеть Крыма откроется летом 2020 года" [The Great Mosque of Crimea to open in the summer of 2020. Недвижимость РИА Новости (in Russian). 2019-11-13. Archived from the original on 2019-11-13. Retrieved 2021-10-13.“].
  8. „"Emirali Ablaev re-elected Crimean Mufti - RISU". Religious Information Service of Ukraine. 2018-10-30. Archived from the original on 2021-10-27. Retrieved 2021-10-13.“.
  9. „"На Соборную мечеть в Симферополе анонимно пожертвовали 3 миллиарда" [3 billion [roubles raised for the Great Mosque of Simferopol]. avdet.org (in Russian). 2016-11-24. Archived from the original on 2021-10-24. Retrieved 2021-10-13.“]. 2021-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.