Oqlovchi gillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oqlovchi gillar — moddalarni yutish (sorbsion) va tozalash xususiyatiga ega boʻlgan togʻ jinslari, foydali qazilmalar. O.g ., asosan, montmorillonit tarkibli bentonit gillari yoki vulkanogen - choʻkindi kremniyli togʻ jinslari (diatomit, trepel, opoka) dan iborat vulkanogen jinslar-nig gidrokimyoviy yoʻl bilan oʻzgarishidan hosil boʻladi. Aktivlantirilgan, yaʼni kislotalar qoʻshilgan O.g . (mas, krimsil, oskanit)ning yutish va oklash xususiyati eng yaxshi tabiiy O.g .nikidan 3—3,5 marta yuqori boʻladi. O.g . neft mahsulotlari, moy va hayvon yogʻlari, sirka, vinolar, vitamin, antibiotiklarni tozalash, suvni yum-shatish, gazlamalarni oqartirishda, shuningdek, upa-elik sanoatida ishlatiladi. Mineral tarkibi boʻyicha O.g . bir necha turga boʻlinadi: beydellit, bentonit, attapulgit, paligorskit va topilgan joyi nomi bilan ataladi: floridin (AQSH), monotmorillonit (Fransiya), gumbrin va askanit (Gu-ruziya), gilobi (Ozarbayjon), (Qrim), navbaxit (Oʻzbekiston) va boshqa [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil