Oqkoʻl (qovun navi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oqkoʻl — kechpishar qovun navi. Haqli choʻziq ellipsimon, uz. 35—40 sm, vazni 3—6 kg . Dum tomoni sal burishgan, uch tomoni tekis. Butun usti oʻrtacha, uch tomoni siyrak toʻr bilan qoplangan. Poʻsti qattiq, eti och yashil, qalinligi 6—8 sm. Uzilgan paytda qattiq, asralganda yetilib, gʻoyat shirin boʻlib qoladi. Urugʻlari yirik, sariq, qovun etidan qiyin ajraladi. Urugʻdan unib chiqqach, hosili 95—105 kunda pishadi. Gektaridan 220—250 s hosil olinadi. Apr.gacha yaxshi saqlanadi. Asosan, Fargʻona viloyatida yetishtiriladi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil