Kontent qismiga oʻtish

Oqjar (tuman)

Koordinatalari: 53°53′20.4″N 71°33′46.8″E / 53.889000°N 71.563000°E / 53.889000; 71.563000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oqjar tumanidan yoʻnaltirildi)
Oqjar tumani
qoz. Ақжар ауданы
tuman
Tarkibida Shimoliy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Tolshiq
Asos solingan sanasi 1974[1]
Akim Tastemirov Agʻzam Ahmetjanovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 21 428[1]
Zichligi 2,6 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 74,18%
Ruslar - 17,26%
Ukrainlar - 4,47%
Beloruslar - 1,77%
Olmonlar - 1,68%
Tatarlar - 1,43%[2][3]
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 8,04 ming[1] km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71546[4]
Pochta indeksi 150200-150221[5]
Avtomobil raqami kodi T, 15
Rasmiy sayti http://azh-sko.kz/rus/
Xaritada
Oqjar tumani xaritada
53°53′20.4″N 71°33′46.8″E / 53.889000°N 71.563000°E / 53.889000; 71.563000

Oqjar tumani (qoz. Ақжар ауданы اقجار اۋدانى) — Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi tuman. Tumanning maʼmuriy markazi Tolshiq qishlogʻi. Viloyat markazi sanalmish Petropavlovsk shahridan 285 km uzoqlikda joylashgan. Tuman hududi — 8,04 ming km2. 2010-yilgi 1-yanvardagi maʼlumot boʻyicha tuman aholisi 21,4 ming kishini tashkil qildi. Aholining oʻrtacha zichligi 2,6 kishi/km².

Oqjar tumani 1997-yili, Lenin va Leningrad tumanlarini biriktirish natijasida tashkil topdi.

2010-yilgi maʼlumot boʻyicha aholisi 21,4 ming kishini tashkil qildi. Aholining oʻrtacha zichligi 2,6 kishi/km² (2010-yil 1-aprel).

Tumanning milliy tarkibi (2010-yil 1-apeldagi maʼlumot)

  • qozoqlar — 15 897 kishi (74,18 %)
  • ruslar — 3 056 kishi (14,26 %)
  • ukrainlar — 957 kishi (4,47 %)
  • beloruslar — 380 kishi (1,77 %)
  • olmonlar — 360 kishi (1,68 %)
  • tatarlar — 307 kishi (1,43 %)
  • polyaklar — 87 kishi (0,41 %)
  • chechenlar — 57 kishi (0,27 %)
  • boshqalar — 328 kishi (1,53 %)
  • Umumiy — 21 429 kishi (100,00 %)

Aqjar tumani Shimoliy tomonidan Rossiya Federatsiyasi bilan, gʻarbiy tomonidan Tayinsha tumani, janubida Oqmoʻla viloyati, janubi-sharqidan esa Valixanov tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali oʻtadigan 80 kilometr Ashisuv daryosi bor. Shuningdek bir nechta kichkina koʻllari ham mavjud, ular yomgʻir, qor va yer osti suvlaridan tashkil[6] topgan.

Aqjar tumanidagi aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Achchiqko'l qishlogʻi
  2. Boymirzo qishlogʻi
  3. Boytuvis qishlogʻi
  4. Boʻstonliq qishlogʻi
  5. Dimitrovka qishlogʻi
  6. Dovut qishlogʻi
  7. Gorkovskoye qishlogʻi
  8. Jarqin qishlogʻi
  9. Kengochchi qishlogʻi
  10. Kichik Qoraoʻy qishlogʻi
  11. Leningradskoye qishlogʻi
  12. Mayskoye qishlogʻi
  13. Nayzatoʻmar qishlogʻi
  14. Olqaterak qishlogʻi
  15. Oqjarqin qishlogʻi
  16. Oqsari qishlogʻi
  17. Oysari qishlogʻi
  18. Qiziltoʻ qishlogʻi
  19. Qozon qishlogʻi
  20. Qulikoʻl qishlogʻi
  21. Tolshiq qishlogʻi
  22. Tugʻirjap qishlogʻi
  23. Ulgali qishlogʻi
  24. Uyali qishlogʻi
  25. Vosxodskoye qishlogʻi
  1. 1,0 1,1 1,2 Социально-экономический паспорт района[sayt ishlamaydi]
  2. Агентство Республики Казахстан по статистике. Численность населения Республики Казахстан по областям, городам и районам, полу и отдельным возрастным группам, отдельным этносам на начало 2010 года, 2012-06-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-04-02
  3. Национальный состав населения Казахстана по переписи 2009
  4. „Shimoliy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2016-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-dekabr.
  5. „Почтовые индексы Казахстана“. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.
  6. arxiv nusxasi (PDF), 2012-06-16da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2012-11-07