Oqilovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqilovlar — 20-asr Oʻzbekiston raqs sanʼatiga ulkan hissa qoʻshgan sanʼatkorlar oilasi. Sulola boshligʻi raqqos, baletmeyster, oʻzbek sahna raqsi asoschilaridan, Oʻzbekiston xalq artisti (1964) Isoxor Oqilov (1914.14.7, Samarqand — 1988.25.9, Toshkent) — Samarqanddagi Musiqa va xoreografiya institutida (1928—29), oʻzbek davlat mu-sikali teatri studiyasida (1929—32) taʼlim olgan. Katta teatrda malaka-sini oshirgan (1953 — 54). 1932—36 yillar tojik va yahudiylar musiqali teatri (Samarqand, Buxoro)da, 1936-yildan M. Qoriyoqubov nomidagi oʻzbek davlat filarmoniyasida ishlagan. "Char-xi doʻzon", "Katta uyin", "Lazgi", "Yakkaqars", "Ohangi koʻhiston" kabi raqslarni mahorat bilan ijro etgan. Anʼ-anaviy-mumtoz ("Sevgi taronasi", "Munojot", "Tantana", "Buxoro yulduzi" kabi), zamonaviy ("Tong malikasi", "Uch guzal", "Shodiyona" va boshqalar) raqslarni sahnalashtirgan. "Shodlik", "Guzal" ansambllarini tashkil etgan. Buxoro mumtoz raqsi anʼanalari, professional oʻzbek raqsining rivoj to-pishida uning xizmatlari alohida. Koʻpgina filmlarga ("Maftuningman", "Amirlikning yemirilishi" va boshqalar) baletmeysterlik qilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977). G. Izmaylova, K Mirkarimova, H. Komilova, K. Yusupova, G. Mavayeva, D. Jabborova, Q. Doʻstmuhamedova, M. Ahmedova, Q. Moʻminov va boshqa uning shogirdlaridir. Isoxor Oqilovning rafiqasi Oʻzbekiston xalq artisti (1970) Margarita Oqilova (1920.20.1, Samarqand) — raqqosa. 1932—35 yillar Dushanbadagi Loxutiy nomidagi Davlat mu-siqali teatrida ishlab, shu teatr studiyasini tamomlagan. 1935—36 yillarda Samarqanddagi tojik va yahudiylar musiqali teatrida yakkaxon. 1936—60 yillarda oʻzbek davlat filarmoniyasida ishlagan. "Zang oʻyin", "Guluzorim", "Tanavor", "Dilxiroj", "Buxorocha raqs" kabi raqslarni ijro etgan. 1960—89 yillar Toshkent toʻqimachilar saroyi qoshidagi xalq raqs ansamblida bad. rahbar.

Viloyat Oqilova (1937.12.10, Samarqand) — raqqosa, baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). O. kizi. 1958—94 yillar filarmoniyada raqqosa, baletmeyster, 1994—96 yillar "Turkiston" saroyida, 1996-yildan Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatida baletmeyster. "Zang", "Larzon", "Shodlik", "Xorazm lazgisi", "Tojik goʻzali", "Pomir raqsi", "Afgʻoncha", "Dilrabo", "Shodiyona" kabi bir qancha raqslarni koʻtarinkilik, joʻshqinlik bilan ijro etgan.

Baletmeyster sifatida "Chorzarb", "Sa-mandariy", "Buxoro toʻlqini", "Tanavor 2", "Afgʻoncha", "Tojikcha", "Surnay lazgisi" kabi raqslarni sahnalashtirgan. Raqqosa ijodi lirik joʻshqinligi, nafis, ravon ijrosi, oyoq, qoʻl, bosh va tana harakatlarining umumiy ohangga boʻysunishi, shoʻxchanligi, plastik ifodaviylikning kuchliligi bilan ajralib turadi. "Zarafshon" ansamblining tashkilotchilaridan. R. Sultonova, F. Solihova, R. Abdulxayirova, N. Olimova, E. Norboyeva, X. Ixtiyorovalarga ustozlik qilgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Zulayho Oqilova (1945.12.3, Toshkent — 2000.30.9, Moskva) — raqqosa, baletmeyster. O. qizi. Navoiy teatrida M. Leviyevning "Suhayl va Mehri", D’Falyaning "Sevgi-sehrgar" baletlarini sahnalashtirgan. "Sharqminiatyuralari" (rej. L. Fayziyev) filmiga ham baletmeysterlik qilgan. Bir qancha oʻzbek ("Chexra", "Baliq va baliqchi", "Tinchlikni asrang!") va jahon xalqlari raqslarini mohirona ijro etgan.

Lola Oqilova (1957.10.6, Toshkent) — raqqosa. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1990). O. qizi. "Paripari", "Tojik goʻzali", "Baxt qushi", "Fargʻonacha", "Xorazmcha", "Uchrashuv", "Larzon" va boshqa raqslari bilan tanilgan. O.ga bagʻishlangan "Oqilovlar raqsga tusha-di" ("Charxu du zonu") va "Quvonch" (rej. A. Yoqubov, 1980) filmlari suratga olingan.

Gavhar Oqilova (1949.27.4, Toshkent) — dirijyor, O. qizi. Yusuf Oqilov (1963.28.2, Toshkent) — kompozitor. O. oʻgʻli.

Mohina Ashirova.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil