Oqchavoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqchavoq, yelets (Leucicus leuciscus) — karpsimonlar oilasiga mansub baliq turi. Oʻrta Osiyoda Balxash koʻliga quyiladigan Ayagʻuz daryosida koʻpaytirilgan, Chu va Sarisuv daryolarida av-valdan yashaydi. Uzunligi 25—30 sm gacha, ogʻirligi 400 g gacha. Tez suzadi. Tanasining orqa tomoni kulrang tusda tovlanib turadi. Yon tomonlari och havorang , korni kumushrang . 3 yoshlik davrida urchiydi. Uvildirigʻini toshloq va suvi tiniq yerlarga tashlaydi. Turli qasharotlarning qurtlari, suvoʻtlar, quruqlikdan shamol uchirib keladigan hasharotlar bilan oziqlanadi. Ovlanadi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil