Oqartirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oqartirish — turli ashyolar (yogʻoch massasi, toʻqimachilik materiallari, kimyoviy moddalar)ning oklik darajasini kuchaytirish (oshirish) uchun amalga oshiriladigan texnologik jarayon yoki jarayonlar majmui. Kimyoviy vatermik usullari mavjud. O.da material tarkibidagi boʻyovchi moddalar ketkaziladi yoki yemiriladi. O.ning optik va fotografik usullari ham bor. Optik O.da ultrabinafsha nurlarini yutuvchi va ularni koʻk yoki binafsha rangga aylan-tiruvchi rangsiz yoki och rangli organik birikmalardan foydalaniladi. Bu usul, asosan, tabiiy va sintetik tolalarni, qogozlar, plastmassalarni O. uchun qoʻllaniladi. Fotografik O.da oq-qora va rangli foto va kinomateriallarga ishlov beriladi. Bunday ishlovda maxsus modda taʼsirida foto yoki kinotasvirning metall kumush katlami ok-sidlanib yemiriladi va O. jarayoni roʻy beradi. Bu usul fotografik tasvirni ravshanlashtirish va kuchaytirish uchun qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil