Kontent qismiga oʻtish

Oq xalat sindromi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baʼzi odamlar uyda qon bosimi meʼyorida ekanligini, lekin shifokorga borganlarida qon bosimining biroz kutarilishini taʼkidlashadi. Bu oq xalat sindromi yoki oq xalat effekti hisoblanadi[1]. Sogʻlom insonda normal qon bosimi 120/80 mmHg ni tashkil qiladi. Bundan yuqori boʻlgan har qanday qon bosim yuqori qon bosimi hisoblanadi[2].

Oq xalat sindromida bemorning qon bosimi shifokor koʻrigi paytida 20-30 mmHg ga ortishi mumkin va bu ortish vaqtinchalik boʻladi xolos. Oq xalat sindromida gipertenziya holati xavfli boʻlmasada, ayrim tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bu sindrom asl gipertoniya kasalligining asosiy keltirib chiqaruvchi sababi boʻlishi mummkin[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]