Oq terakmi, koʻk terak?

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oq terakmi, koʻk terak? – bolalar oʻyini. Bu oʻyinda ishtirokchilar boʻyi, kuchi va chaqqonligiga qarab teng 2 jamoaga boʻlinib (har jamoada 10 dan 20 tagacha bola qatnashadi), 15– 20 m oralikdagi masofada qoʻl ushlashib saflanib turadilar. Birinchi jamoa sardori 2-jamoadan birining otini aytib chaqiradi:Oq terakmi, koʻk terak!Bizdan sizga kim kerak?Sizdan bizga, „falonchi“ kerak.

Shundan soʻng oʻsha chaqirilgan bola yugurib kelib, raqib jamoa aʼzolarining qoʻl ushlashib turgan yerini koʻkragi bilan uzishga urinadi. Agar qoʻllar ushlangan joyidan uzilib ketsa, raqib tomondagi bolalardan xohlaganini oʻz jamoasiga olib ketadi, uzolmasa, oʻzi oʻsha jamoada qoladi. Oʻyin shu tariqa navbat bilan davom etadi. Qaysi jamoada oʻyinchilar qolmasa, oʻsha jamoa yut-qazgan boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil