Oq shaftoli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oq shaftoli — mahalliy nav. Bogʻ-dorchilik, uzumchilik va vinochilik i.t. institutining Samarkand filialida mahalliy oq shaftolilarning katta gu-ruhi ichidan tanlash usulida chikarilgan (A.S. Cherevatenko, 1936). Daraxti kuchli oʻsadi. Oʻrtacha shoxlanadi. Guli ikki jinsli, pushti, oq rangda, oʻzidan changlanadi, mevasi oʻrtacha 100— 110 g , rangi oqishkoʻkimtir-yaltiroq. Pusti mayin tukli, etidan oson aj-raladi. Eti oq, yumshoq, shirali, tar-kibida 11 — 13% qand, 0,52% kislota bor. Koʻchati oʻtqazilgach, 3-yildan muntazam hosil beradi. 7—9 yoshida eng koʻp (70–90 kg) hosil beradi. Hosildorlik davri 12—15 yil Sovuqqa bardoshli. Avg .ning 2—3-oʻn kunligida pishib yetiladi, bandi boʻsh. Yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi, konserva qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil