Oq mitti yulduzlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oq mitti yulduzlar - aynigan gazlardan iborat kichik oʻlchamli juda zich qaynoq yulduzlar. Massalari Quyosh massasiga yaqin, lekin oʻlchamlari Quyoshga nisbatan taxminan 100 marta kichik boʻladi. Shu tufayli Oq mitti yulduzlaryu.ning zichliklari juda katta —10* —109 kg/m3. Radiusi bir necha ming km, sirtidagi temperatura 10 ming K. temperaturasi va spektri oq rangli yulduzlarga mos ekani qamda oʻlchamlari kichikligi sababli shu nom bilan ataladi. Galaktikamizdagi yulduzlarning 10% ga yaqini Oq mitti yulduzlaryu. tashkil qiladi. Ushbu fizik holat yulduzlar evolyusiyasining eng oxirgi bosqichlaridan birigatoʻgʻri keladi. Oq mitti yulduzlaryu. massasi yukrridan 1,4 quyosh massasi bilan chegaralanganligini birinchi boʻlib hind astronomi S. Chandrasekar koʻrsatgan. Hisob-kitoblarga koʻra, Oq mitti yulduzlaryu. normal yulduzlarning portlab, tashqi qobiqlarining fazoga tarqab ketishi natijasida vujudga kelgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil