Oq hun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oq hunlar — gʻarbiy hunlar. Hunlar davlatining soʻnggi davrida shim. hunlar hukmdori Qutush qabilasi bilan gʻarbga Qangʻ davlati tomon chekingan. Mazkur davlatning xoni qudachilik hurmati yuzasidan Qutushga va uning odamlariga oʻz hududidan joy bergan. Oradan koʻp oʻtmay hunlar Yaypan (Yuepan) xonligini tashkil etgan. U Uysun (Usun) xonligining shim-gʻarbida (hozirgi Janubiy Qozogʻiston) joylashgan. Miloddan avvalgi 1-asrning oʻrtalarida Oq hunlarning boshligʻi Chjichji xitoylar bilan boʻlgan urushda magʻlub boʻlib, u ham Qangʻ davlatidan panoh topgan edi. Qangʻ hukmdori hunlarga hozirgi Jambul (Avliyoota) viloyatidan joy bergan. Yaypan davlati keyinchalik Eftaliylar davlatiga qoʻshilib ketgan. Xitoy manbalarida 448 yil Yaypan davlatidan Xitoyga elchilar borganligi, shundan keyin ushbu xonlik Shimoliy Vey davlati (386—534) bilan diplomatik aloqalar qilib turganligi zikr etilgan. Xonlikning aholisi 200 mingdan ortiq boʻlgan. Turkistonga chekinib kelgan xunlar qad. turk tilida "Oq hun" yaʼni "gʻarbiy hun" deb nomlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil