Kontent qismiga oʻtish

Oq shaftoli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oq Shaftolidan yoʻnaltirildi)

Oq shaftoli — mahalliy nav. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida mahalliy oq shaftolilarning katta guruhi ichidan tanlash usulida chiqarilgan (A.S. Cherevatenko, 1936). Daraxti kuchli oʻsadi. Oʻrtacha shoxlanadi. Guli ikki jinsli, pushti, oq rangda, oʻzidan changlanadi, mevasi oʻrtacha 100— 110 g, rangi oqish koʻkimtir-yaltiroq. Poʻsti mayin tukli, etidan oson ajraladi. Eti oq, yumshoq, shirali, tarkibida 11 — 13% qand, 0,52% kislota bor. Koʻchati oʻtqazilgach, 3-yildan muntazam hosil beradi. 7—9 yoshida eng koʻp (70–90 kg) hosil beradi. Hosildorlik davri 12—15 yil Sovuqqa bardoshli. Avgustning 2—3-oʻn kunligida pishib yetiladi, bandi boʻsh. Yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi, konserva qilinadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil