Optimizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Optimizm yoki nekbinlik (fors. nek - "yaxshi", bin - "nazar") — hayotga ijobiy nuqtai nazardan qarash.


Optimizm (lot. optimus — eng yaxshi) — dunyoda ijobiy omil, yaxshilik hukmronlik qiladi degan tasav-vur. Bu atama mavjud dunyoning "eng yaxshi dunyo sifatida" yaratilganligi toʻgʻrisidagi G. V. Leybnits taʼlimotini ifodalash uchun joriy qilingan. Pessimizmning ziddi. Oʻrta asr Sharqi qamda Yevropada Uygʻonish davri guma-nizmining vakillari, 18-a. fransuz maʼrifatchilarining dunyoqarashi O. ruhi bilan sugʻorilgan edi. Ular "aklga muvofiq" ijtimoiy tuzumga erishish mumkin deb hisoblaganlar. Umuman O. tarafdorlari uzluksiz taraqqiyotga ishonadilar, kelajakka ishonch bilan qaraydilar. Odamlarni hayotni sevishga, inson aql-idrokini qadrlashga, ilm-maʼrifatga erishishga daʼvat qiladilar.[1]

Optimizm, hayot goʻzal ekanligi, har qanday qiyin holatdan chiqish bor ekanligi va butun insonlar yaxshi ekanliklari haqida uqtiradi.

Falsafada optimizm Gottfried Wilhelm von Leibniz (Gotfrid Vilgelm fon Leybnits) nomi bilan birga keladi. U: "Biz hammamiz bor boʻlishi mumkin boʻlgan butun dunyolarning eng yaxshisida yashayapmiz", deb aytgan.

Shuningdek[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil