Optik telegraf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Optik telegraf — axborotlarni semafor alifbosi yordamida vizual (koʻrib) uzatish sistemasi. 19-asr 1-yarmida keng tarqalgan. Birinchi Optik telegrafni 1794 yil aka-uka fransuzlar K. va I. Shapp Parij bilan Lill orasiga (225 km) qurgan. Qoʻzgʻaluvchan reykalardan iborat boʻlgan uzatuvchi semafor quril-ma minoraga oʻrnatilgan. Optik telegraf liniyasi birbiridan koʻrinib turadigan minoralar tizimidan iborat boʻlgan. Dunyodagi eng uzun Optik telegraf liniyasi Peterburg (Rossiya)dan Varshava (Polsha)gacha boʻlgan (1200 km) liniya 1835—54 yillarda ishlab turgan. Hozir Optik telegraf oʻrniga radiotelegraf, fototelegraf (faksimil), elektr telefaf aloqa qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil