Opponent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Opponent (lot. opponens — eʼtiroz bildiruvchi) — 1) bahsda qarshi taraf; 2) ilmiy maʼruza yoki himoya qilinadigan dissertatsiyani tanqidiy taxlil qila oladigan, baxrlay biladigan, maʼruzachi yoki dissertantga eʼtiroz bildira oladigan shaxs. Oʻzbekistonda fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun qilinayotgan dissertatsiya himoyasida kamida 2 rasmiy O. (biri dissertantning ixtisosligi boʻyicha fan dri yoki prof., ikkinchi-si fan nomzodi yoki fanning shu sohasi boʻyicha yetakchi mutaxassis), fan doktori ilmiy darajasini olish uchun qilinayotgan dissertatsiya himoyasida kamida 3 rasmiy O. (ular fan dri yoki prof., mumkin qadar dissertant faoliyat yuritayotgan tashkilotdan boshqa tashkilotlardan) belgilanadi. Dissertatsiya himoyasida norasmiy O.larning soni cheklanmaydi. Rasmiy O.lar dissertatsiyani chuqur va har tomonlama tahlil etishlari, shu asosda dissertatsiyaning belgilangan talabga qay darajada javob berishligini, uning ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatini baholagan holda taqriz tayyorlashlari lozim. Oʻz qarashlari bilan O. dissertatsiya himoyasida va uning ilmiy kengashdagi muhokamasida qatnashadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil