Opoka
Qiyofa
Opoka (geologiyada) — mustahkam, kremniyli gʻovak choʻkindi togʻ jinsi. Tarkibi, asosan, amorf krem-nezyomdan (98% gacha-opal) iborat va gil, qum, glaukonit, kvars, dala shpatlari va boshqa qoʻshilgan boʻladi. O. dastlab kremniyli mergel yoki kremniyli gil deb ham atalgan. Och va toʻq kulrang, baʼzan qoramtir. Zichligi 1000kg/m3 chamasida. Toza turlari yuqori adsorbsion xossaga ega. Dengiz sharoitida kimyoviy yoʻl bilan hosil boʻladi. Asosan, paleogen, qisman yuqori boʻr yotqizikdarida uchraydi. Rossiyaning Yevropa, Sharqiy Ural yon bagʻirlarida mavjud. Qurilishda va adsorbent sifatida ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |