Onomichi
Onomichi 尾道市 | |
---|---|
Shahar | |
| |
34°24′32.8″N 133°12′19.6″E / 34.409111°N 133.205444°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Tuman | Chugoku |
Prefektura | Hiroshima |
Hukumat | |
• Mer | Yuko Hiratani |
Maydon | 285.11 km2 (110.08 kv mi) |
Aholisi (2023-yil 23-mart) |
129,314 kishi |
|
Onomichi (yaponcha: 尾道市 Onomichi-shi ) – Yaponiyaning Hiroshima prefekturasida joylashgan shahar[1].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Onomichi Hiroshima prefekturasining janubi-sharqida joylashgan. Onomichi janubda Seto ichki dengiziga qaragan va qirgʻoq chizigʻi murakkab, Setonaikai milliy bog'ining bir qismini tashkil qiladi[2]. Asosiy shahar konsentratsiyasi qirgʻoqdagi tor chiziqda joylashgan boʻlib, Onomichida juda kam tekis yerlar mavjud. Oʻzining noyob manzarasi tufayli, koʻpincha filmlar uchun suratga olish joyi sifatida foydalaniladi[3].
Qoʻshni munitsipalitetlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hiroshima prefekturasi
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Onomichi nam subtropik iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi) qishi oʻrtacha sovuq va nam, yozi issiq boʻladi. Onomichida oʻrtacha yillik harorat 15.9 °C (60.6 °F). Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,138.4 mm (44.82 in) boʻlib, eng nam oy iyul hisoblanadi.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Onomichi aholisi 131,170 kishini tashkil qiladi. Onomichi 1960-yildan buyon aholini roʻyxatga olish ishlarini olib borilmoqda[4].
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1950 | 185 084 | — |
1955 | 183 338 | −0.9% |
1960 | 182 497 | −0.5% |
1965 | 181 038 | −0.8% |
1970 | 183 325 | +1.3% |
1975 | 185 503 | +1.2% |
1980 | 180 901 | −2.5% |
1985 | 177 532 | −1.9% |
1990 | 166 930 | −6.0% |
1995 | 159 890 | −4.2% |
2000 | 155 200 | −2.9% |
2005 | 150 225 | −3.2% |
2010 | 145 217 | −3.3% |
2015 | 138 626 | −4.5% |
2020 | 131 170 | −5.4% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1168-yilda Shahar porti ochildi, keyingi 500 yil davomida guruchni joʻnatish markazi va xorijiy mamlakatlar bilan barcha savdolar uchun port boʻlib xizmat qildi. Tokugava davrida uning tijorat ahamiyati biroz pasayib ketdi.
- 1898-yilda Mitsugi tumanidagi Onomichi shahri 1-aprelda Hiroshima prefekturasining ikkinchi shahriga aylandi.
- 1937-yilda Kurixara shahri va Yoshiva qishlogʻi, ikkalasi ham Mitsugi tumanida birlashtirilgan.
- 1939-yilda Numakuma tumanidagi Sanba qishlogʻi qoʻshildi.
- 1951-yilda Mitsugi tumanidagi Fukada qishlogʻi qoʻshildi.
- 1954-yilda Mitsugi tumanidan uchta qishloq birlashtirildi.
- 1955-yilda Numakuma tumanidan uchta qishloq birlashtirildi.
- 1957-yilda Numakuma tumanidagi Urasaki qishlogʻi qoʻshildi.
- 1970-yilda Mitsugi tumanidagi Mukayhigashi shahri qoʻshildi.
- 2005-yilda 28-mart Mitsugi va Mukaishima shaharlari (ikkalasi Mitsugi tumanidan) Onomichiga birlashtirildi.
- 2006-yil 10-yanvarda Innoshima va Setoda shaharlari (ikkalasi ham Toyota tumanidan) Onomichiga birlashtirildi.
Hukumati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Onomichi toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 26 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Onomichi Hiroshima prefekturasi assambleyasiga uchta aʼzodan hissa qoʻsha oladi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Onomichi port va savdo shahri sifatida gullab-yashnab kelgan. Ikkinchi jahon urushidan oldin uning iqtisodiyoti Hiroshima shahrinikiga teng hisoblangan. Onomichi, Mukaishima va Innosimada kemasozlik zavodlari uzoq vaqtlardan buyon mavjud. Soʻnggi yillarda sanoatning pasayishi tufayli kemasozlik sanoati tanazzulga uchradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Hiroshima (Japan): Cities, Towns and Villages in Prefecture - Population Statistics, Charts and Map“. www.citypopulation.de.
- ↑ „2010 Police White Paper Chapter 2 : Furtherance of Organized Crime Countermeasures“, 2010, National Police Agency (yaponcha)
- ↑ „The Second Kyodo-kai“, 20 February 2008, Matsue Joho Center (yaponcha)
- ↑ Hoffart, Jackie, „Nice to nestle at Japanʼs hometown“, The Japan Times, 3 October 2008, p. 24.