Ongsizlik
Ongsizlik (psixologiyada) — ong ishtirokisiz sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar. Ongsizlik koʻpincha, badan harakatida, xotirasida, xayolida namoyon boʻladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongi paydo boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda roʻy beradi. Mas odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan holda uyiga qaytadi va har holda yoʻldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi. Bemor psixikasida vujudga keladigan alahlash, gallyusinatsiya kabi patologik hodisalar, uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm chogʻida yuz beradigan psixik faoliyat ham ongsizlik holatiga kiradi. Freyd ongsizlikni sof irratsionalistik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan ongsizlik oʻrtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning butun xatti-harakati ana shu qarama-qarshilik bilan belgilanadi. Ongsizlikni odam anglashga va payqashga jurʼat etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |