Onadoʻli roki
Onadoʻli roki (turkcha: Anadolu rock, inglizcha: Anatolian rock) turk xalq musiqasi va rok birlashuvi orqali yuzaga kelgan janr. U 1960-yillar oʻrtalarida, The Beatles, Rolling Stones, Led Zeppelin, Yes, Status Quo va Omega Gʻarb rok guruhlari Turkiyada mashhur boʻlganidan soʻng paydo boʻldi. Turk xalq musiqasi va folklor falsafasi elementlari Erkin Koray, Cem Karaca, Barış Manço, Moğollar kabi qoʻshiqchilarga taʼsir koʻrsatdi — aynan ular Onado'li rokining asoschilari boʻldi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻkxon Aya taʼkidlashicha, turk roki Turkiyaga The Shadows guruhining tashrifidan boshlanadi va keyingi oʻn yilliklar davomida rivojlanadi[1]. Shubhasizki, G'arb rok-madaniyati turk sahnasiga kuchli taʼsir qildi. Gʻarb taʼsirida turk jamiyatining oʻzi va turk madaniyati sezilarli darajada oʻzgarishni boshladi. Bu oʻzgarishlar Onadoʻli rokining shijoat bilan oʻsishi, rivojlanishi va mashhurligiga xizmat qildi.
1966 dan 1975-yilgacha boʻlgan davrda psixodelik rok Turkiyda juda ommabop boʻlgan edi, xususan gitarachi Erkin Korayning kuylari. Bundan keyin progressiv rok va Jem Karaja, Moğollar kabi ijrochilar mashhur boʻlib ketdi
Oxirgi oʻn yilda Mor ve Ötesi, Kurban, Athena, Gripin, Kargo, Duman, Vega, Çilekeş va MaNga kabi guruhlarning oʻsishi kuzatilmoqda. Ular sahnaga chiqadigan janrlari ancha xilma-xil, lekin umuman olganda ular turk sahnasini va zamonaviy Onadoʻli rokini namoyon qiladi.
Ijrochilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 3 Hür El
- Barış Manço
- Cem Karaca
- Moğollar
- Erkin Koray
- Gültekin Kaan
- Edip Akbayram
- Murat Ses
- Üç Hürel
- Kıraç
- Haluk Levent
- Bulutsuzluk Özlemi
- Haramiler
- Yırtık Uçurtma
- İlhan İrem
- Murat Göğebakan
- Grup Destan
- Murat Kekilli
- Barış Akarsu
- Kâzım Koyuncu
- Şebnem Ferah
- Oğuz Sanlısoy
- Demir Demirkan
- Haykko Cepkin
- Aylin Aslım
- Özlem Tekin
- Mor ve Ötesi
- maNga
- Yüksek Sadakat
Katta rok festivallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rockʼn Coke
- Masstival
- Radar Live
- Uni-Rock Fest Rock
- Station Festival
- Barışarock