Omot tillari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Omot tillari - Jan.-Gʻarbiy Efiopiyada tarqalgan tillar guruhi. Soʻzlashuvchilarning umumiy miqdori 2 mln. kishiga yaqin. Omot tillarining genetik mansubligi haqidagi fikrlar bir xil emas: baʼzi olimlar ularni kushit tillari tarmogʻiga mansub desalar, koʻpchilik olimlar Omot tillari afrika-osiyo tillarining alohida guruhi deb hisoblaydilar.

Omot tillarining asosiy guruhchalari: aribanna, dizimaji, kaffa, gimirra-janjero, ometo (volamo, ometo, chara, zayse va boshqa tillar). Omot tillari fonologik jihatdan boshqa kushit tillariga yaqin; lablangan va chuqur til orqa undoshlari mavjud emas; otlarda jins va son grammatik kategoriyalari barham topgan, lekin kelishik kategoriyasi ri-vojlangan; sifat alohida soʻz turkumi tarzida ajratilmaydi. Koʻplik sondagi kishilik olmoshlari; suffikslar yordamida soʻz va shakl yasalishi, gapdagi soʻz tartibi kushit tillaridagiga oʻxshash, leksikasi bir oz farq qiladi. Omot tillari oʻz yozuvlariga ega emas.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil