Omonulla Fayzullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Omonulla Fayzullayev (1921.5.4, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), falsafa fanlari doktori (1973), professor (1977). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942—45). Oʻrta Osiyo universitetining fizika matematika fakultetini tugatgan (1949). „Qizil Oʻzbekiston“ gaz.da adabiy xodim, Oʻzbekiston „Bilim“ jamiyatida bosh muharrir (1946—49). Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari instituti nazariy mexanika kafedrasida katta oʻqituvchi (1952—57), Respublika ilmiy texnika informatsiyasi instituti direktori (1957—59). 1959 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq insti.da boʻlim mudiri, yetakchi ilmiy xodim. Ilmiy asarlari qad. mutafakkirlarimizning jahon fani rivojlanishiga qoʻshgan hissasini tadqiq qilishga, tabiatshunoslikning falsafiy muammolariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1981). „Jasorat“ medali (1995), „Doʻstlik“ ordeni (2003) bilan mukofotlangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Problemi protivorechiya v trudax klassikov yestestvoznaniya i filosofii Sredney Azii, T., 1974;
  • Muhammad alXorazmiy va uning ilmiy merosi, T., 1983;
  • Klassicheskaya nauka Sredney Azii i sovremennaya mirovaya sivilizatsiya (pod. red. P.K. Xabibullayeva i A.F. Fayzullayeva), T., 2000.