Omon Qulmamedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Omon Qulmamedov (1908.31.12, Goʻktepa tumani — 1977.22.7) — turkman aktyori, rejissyor, turkman milliy professional teatr sanʼatining asoschilaridan. Xalq artisti (1949). Moskvadagi turkman drama studiyasida taʼlim olgan (1926—29), 1929 yildan Mullanapas nomidagi Turkman akademik drama teatrida aktyor, rejissyor. 1963 yillan lirektor va bosh rejissyor Otello (U.Shekspir, "Otello"), Mahtumquli va Chernishev (B.Kerboboyev, "Mahtumquli","Dadil qadam"), Ollon (G.Muxtorov, "Ollonning oilasi"), Shahar hokimi (N.Gogol, "Revizor") va boshqa rollari bilan turkman teatr sanʼatida oʻchmas iz qoldirdi. Rejissyor sifatida "Tohir va Zuhra", "Boy ila xizmatchi", "Xazinalar oroli" singari spektakllarni sahnalashtirgan.