Ommaviy qoʻshiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ommaviy qoʻshiq - qoʻshiq turi; xalq orasida ommalashuviga moʻljallangan kompozitor asari. Koʻpincha jamoaviy (xor) tarzda, cholgʻu joʻrligisiz ijro etiladi. Ommaviy qoʻshiq namunalariga band (band-naqarot) shakli, yorqin, esda qoladigan kuyi, ayni paytda, musiqiy va sheʼriy bayonining oddiyligi, kuy hajmining oʻrta vokal re-gistrga asoslanganligi xosdir. Asosan, namoyish, miting , yirik yigʻilish kabi jamoaviy tadbirlarda ijro etiladi. Ilk namunalari Buyuk Fransiya inqilobi davrida yuzaga kelgan (mas, "Marselyeza" — hozirda Fransiya Davlat madhiyasi). Inqilobiy qoʻshiq, harbiylar (safda ijro etiladigan) qoʻshigʻi, Davlat madhiyasi kabi turlari bor. Oʻzbekistonda 20-asrning 1-choragida yuzaga kelgan (Hamzaning "Biz ishchimiz", "Xoy ishchilar" va boshqalar), keyinchalik bastakor (T. Jalilov, K. Jabborov va boshqalar) va kompozitor (S. Yudakov, M. Burhonov)lar ijodida oʻrin olgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil