Ommabop musiqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ommabop musiqa - 1) keng maʼ-noda — eng mashhur musiqa asarlari; ijrochilar repertuaridan doimiy oʻrin olgan turli janr va uslub namunalari (mas, xalq qoʻshiq va kuylari, mumtoz kompozitor asarlari)dan iborat; 2) tarixiy tushuncha sifatida — 20-asr madaniyatida qaror topgan musiqa turi. Yoshlar musiqasi, pop-musiqa, rok-musiqa, estrada musiqasi kabi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi. Uning rivoj topishiga dastlab 20-asrda yuz bergan ijtimoiy (mas, urbanizatsiya) va maʼnaviy hayot (diniy qarashlarga nisbatan dunyoviy mafkura keng yoyilishi va boshqalar) oʻzgarishlari zamin yaratgan. Natijada, shahar aholisida keskin koʻpaygan boʻsh vaqtini toʻldirish maqsadida muntazam ravishda utkaziladigan kungilochar tomosha va konsertlar keng rivoj topgan. Oldin shahar bogʻi va xiyobonlari, restoran (kabare, kafeshantan) va boshqa joylarda, keyinchalik maxsus qurilgan teatr va sahna (mas, myuzikxoll, diskoteka)larda faoliyat koʻrsatgan yangi badiiy jamoalar ijodida Ommabop musiqaning asosiy janr va shakllari qaror topgan. Ommabop musiqaning hozirgi dunyo madaniyatida keng yoyilishda, ayniq-sa, ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye), ovoz yozish va tarqatish apparatlari (grammofon, magnitofon va boshqalar)ning kashf etilishi katta taʼsir oʻtkazgan. Ommabop musiqa tinglovchidan musiqa uquvi, keng badiiy tajriba, baʼzida idrok etishda alohida ahamiyatni x.am talab etmaydigan namunalardan iborat boʻlib, ular shakllarning oddiyligi, musika tilining baynalmilal (universal) ohanglarga yaqinligi, kuproq raqsbop usullarga moyilligi bilan ajralib turadi.

Olimjon Vekov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil