Ombur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ombur — 1) mix sugʻurish, narsalarni qisib ushlash, egish, qirqish uchun ishlatiladigan ikki jagʻli asbob. Yassi jagʻli, dumaloq jagʻli, oʻtkir jagʻli, gajombur (jagʻlari bir tomonga egilgan), noʻgʻaydoʻz (etikdoʻzlik va kavushdoʻzlikda ishlatiladigan), qalamgir (temirchilikda ishlatiladigan), nov O. (jagʻining oʻrtasi novsimon, taqachilar ishlatadi) va boshqa xillari bor. Baʼzi stanoklarda O. stanokning bir qismi va-zifasini oʻtaydi. Turli-tuman donali yuklarni koʻtarishda yuk omburi ishlatiladi. Materialni (mas, simni) ham egib, ham qirqib, ham qisadigan (mon-tyorlar ishlatadigan) universal O.lar ham bor. Metallurgiya, metallsozlik, duradgorlik, temirchilik, zargarlik, montyorlik va boshqa sohalarda, uy-roʻzgʻorda ishlatiladi; 2) elektrotexnikada yuqori voltli liniyalarda tok kuchi va elektr kuchlanishini oʻlchaydigan asbob. Kallagi ferromagnit oʻzakdan iborat. Unda induktivlik gʻaltagi joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil