Om Georg Simon
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
OM (Ohm) Georg Simon (1787.16.3, Erlangen — 1854.7.7, Myunxen) — nemis fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1842-yildan). Erlangen universitetini tugatgan (1806). Nyurnberg (Germaniya) politexnika maktabi (1833-yildan), Myunxen universiteti (1849-yildan) professor. Ilmiy ishlari elektr, optika, kristallooptika hamda akustikaga oid. Elektr zanjirini kashf qilgan. Shu zanjirning eng muhim harakteristikalaridan biri — oʻtkazgichlar qarshiligi ekanligini koʻrsatib, qarshilik tushuncha-sini fanga kiritgan. Elektr tokining asosiy qonuni (qarang Om qonuni)np yaratgan. Elektr qarshilik birligi — Om uning nomi bilan ataladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |