Oltinsoy (soy)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oltinsoy — Navoiy viloyatidagi soy. Oqtogʻning jan. yon bagridan boshlanadi. Uzunligi 44 km, havzasining maydoni 280 km². Yuqori oqimida Langarsoy nomi bilan janubi-sharqqa oqadi. Tarama qishlogʻidan quyi qismi O. deb ataladi. Chilosh qishlogʻi yaqinida Maydonsoy bilan birlashib, Kattasoyni hosil qiladi. Bosh qismida tor daradan oqadi. Oʻrta va quyi oqimlarida 4 ta koʻhna qayiri bor. O. qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 0,22 m³/sek. (Xonaqa qishlogʻi yaqinida), oqim moduli 2,1 l/sek.km². Suvi erta bahorda koʻpayadi. Aprelda suvining 20— 25%, avgustda 2—3% oqadi. Baʼzan soydan sel keladi. 1963-yil bahorida oʻtgan selning miqdori 600 m³/sek. boʻlgan. Umumiy uz. 130 km dan ortiq irmogʻi bor. O.dan Xatirchi tumanidagi xoʻjaliklar va qishloklar suv oladi. Soy vodiysida Tarama, Oqtepa, Xonaqa, Oltinsoy kabi qishloklar joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil