Oltin pariteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oltin pariteti - 1) mamlakat pul birligida davlat tomonidan belgilangan va qonunda qayd etilgan sof oltin miqdori (ogʻirligi); 2) turli mamlakatlar pul birliklarining rasmiy oltin taʼminoti miqdoriga koʻra nisbati. Mas, 1 AQSH dollarining oltin taʼminoti 0,818513 g sof oltinga tengboʻlgan. 1961 yil SSSR da 1 soʻmning oltin taʼminoti 0,987412 g sof oltin deb belgilangan. Natijada 90 tiyin 1 dollarga teng deb qabul qilingan. 1989 yil 62,5 tiyin 1 dollarga teng boʻlgan.

20-asrning 70-yillaridan boshlab Yamayka kelishuviga asosan qogʻoz pullarning Oltin pariteti bekor qilindi (qarang Yamayka valyuta tizimi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil