Oltin malina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oltin malina
Asl nomi Golden Raspberry Awards (Razzie Awards)
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 31-mart 1981
Navbat
Mos keladi http://www. Razzies.com

"Oltin malina" (inglizcha: Golden Raspberry), shuningdek, "Razzi Awards" 1981-yilda amerikalik Jon Uilson tomonidan yaratilgan anti-mukofot boʻlib, yilning eng yomon aktyori, ssenariysi, rejissyori, film qoʻshigʻi va filmlariga beriladi. Ushbu mukofot "Oskar" mukofotiga qoʻshimcha sifatida qaraladi va anʼanaga koʻra, „Oltin malina“ nomzodlari va gʻolblari „Oskar“ mukofotiga nomzodlar va gʻoliblar eʼlon qilinishidan bir kun avval eʼlon qilinadi.

Razzie "Oltin malina" mukofoti (Golden Raspberry Award Foundation, GRAF) jamgʻarmasi aʼzolari tomonidan ovoz berish asosida beriladi. Jamgʻarma 12 mamlakatdan 500 dan ortiq anonim aʼzolarni oʻz ichiga olgan, ovoz berish esa pochta orqali amalga oshiriladi. Mukofotni qoʻlga kiritganlar uchun asosiy sovrin – bu tillarang boʻyoq bilan qoplangan plastik malina mevasidir. Har bir mukofot qiymati Kaliforniyaning 8% savdo soligʻini hisobga olgan holda 5 dollardan kam boʻladi.

Nomzodlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jon Uilson 29-Oltin malina mukofotini topshirish marosimida

Joriy nominatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Eng yomon film: 1980-yildan hozirgi kungacha
  • Eng yomon rejissyorlik ishi: 1980-yildan hozirgi kungacha
  • Eng yomon aktyor: 1980-yildan hozirgi kungacha
  • Eng yomon aktrisa: 1980-yildan hozirgi kungacha
  • Ikkinchi plandagi eng yomon aktrisa: 1980-yildan hozirgi kungacha
  • Ikkinchi plandagi eng yomon aktyor: 1980-yildan hozirgacha
  • Eng yomon ssenariy: 1980-yildan hozirgi kungacha
  • Eng yomon prikvel, sikvel, remeyk yoki plagiat: 1994-yildan hozirgi kungacha, 1996 va 1999-yillar bundan mustasno
  • Eng yomon aktyorlik kombinatsiyasi: 2013-yildan hozirgi kungacha
  • Obroʻni tiklash mukofoti: 2014-yildan hozirgi kungacha

Taniqli laureatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nil Diamond va Bruk Shilds „Eng yomon aktyor va aktrisa“ nominatsiyasi uchun birinchi „Oltin malina“ mukofotining gʻoliblari sanaladi.
  • Film rejissyori Pol Verxoven marosimda shaxsan ishtirok etgan va mukofotni shaxsan qabul qilib olgan birinchi „Oltin malina“ mukofotiga sazovor boʻlgan rejissyor boʻldi. Mukofotni „Showgirls“ filmining rejissyori sifatida qoʻlgan kiritgan (1995).
  • 1997-yil oxirida, mukofot tarixida birinchi marta Kevin Kostnerning „Pochtachi“ filmi – yilning eng yomon filmi, eng yomon aktyori, eng yomon rejissyori, eng yomon ssenariysi va eng yomon film qoʻshigʻi nominatsiyalaridan barchasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
  • Oʻsha yilning oxirida ssenariy muallifi Brayan Xelgeland, bir yilning oʻzida „Oskar“ va „Oltin malina“ mukofotlarini olgan birinchi rejissyor boʻldi.
  • „Oltin malina“ bilan taqdirlangan Gollivud arboblari orasida Sandra Bullock, Nikolas Keyj, Ben Afflek, Maykl Cimino, Gus Van Sant, Halle Berri, Marlon Brando, Laurence Olivier va Faye Dunaway kabi koʻplab „Oskar“ gʻoliblari va nomzodlari ham bor.
  • Oltin malina mukofoti tashkilotchilari Sylvester Stalloneni XX-asrning eng yomon aktyori deb tan olishdi.
  • 2010-yilda amerikalik aktrisa Sandra Bullock bir vaqtning oʻzida yilning eng yaxshi aktrisasi sifatida Oskarni va yilning eng yomon aktrisasi sifatida „Oltin malina“ mukofotini ham olgan.
  • 2012-yilda Amerikaning „Takie raznie bliznetsi“ filmi barcha 10 ta antimukofotni („Eng yomon film“, „Eng yomon aktyor“, „Eng yomon aktrisa“, „Eng yomon ikkinchi plandagi aktyor“, „Eng yomon ikkinchi plandagi aktrisa“).reja", „Eng yomon rejissyor“, „Eng yomon ssenariy“, „Eng yomon ekranli juftlik“, „Eng yomon ansambl“, „Eng yomon davom, remeyk yoki plagiat“) qoʻlga kiritib: mutlaq rekord oʻrnatdi.
  • 2013-yilda The Twilight Saga: Breaking Dawn – Part 2 oʻn bitta antimukofotga nomzod boʻlib, ulardan yettitasini: „Eng yomon film“, „Eng yomon aktrisa“ (Kristen Styuart), „Eng yomon ikkinchi plandagi aktyor“ (Teylor Lotner), „Eng yomon rejissyor“ (Bill Kondon), „Eng yomon remeyk, parodiya yoki sikvel“, „Eng yomon ekran dueti“ (Makkenzi Foy va Teylor Lotner), „Eng yomon aktyorlik ansambli“[1] qoʻlga kiritib mutlaq rekord oʻrnatdi.
  • 2018-yilda mukofot tarixida birinchi marta "Quvnoq qahramonlar" toʻliq metrajli animatsion filmi mukofotga sazovor boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Twilight Saga: Breaking Dawn - Part 2 (2012) Awards“. Internet Movie Database. 2015-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-iyul.