Oltin bozori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oltin bozori — oltin bilan oldisotdi operatsiyalarini doimiy ravishda amalga oshiruvchi markaz. Jahon Oltin bozori mintakaviy bozorlardan tarkib topadi. Ularning eng yiriklari London, Syurix, Nyu-York, Jeneva, Melburn shaharlarida joylashgan. 1919 yildan buyen faoliyat koʻrsatib kelayotgan London Oltin bozorida kun davomida 2 marotaba oltinning maxsus narxi (fiksing)nm belgilash tartibi joriy etilgan. London bozoridagi narxlar eng qulay hisoblanib, turli hisob-kitoblar uchun baza vazifasini bajaradi va uzok, muddatli shartnomalarda narxlarni belgilash uchun qoʻllanadi. Syurix Oltin bozori 1970 yildan faoliyatni boshlagan boʻlib, 1980-yillarga kelib eng yirik markazlardan biriga aylandi, jahonda oltinga boʻlgan talabning asosiy qismi ushbu bozor orqali qondiriladigan boʻddi. Hozirgi paytda dunyo oltin savdosining 40% Shveysariyada oʻtkaziladi. Shveysariya banklarining afzallik tomonlari shundan iboratki, ular jahonning barcha hududlaridagi Oltin bozorilarida joylashgan.

1970 yilda AQShda oltin demonetizatsiyasi, yaʼni 40 yil davomida mavjud boʻlgan rezidentlar tomonidan oltinni sotish va sotib olishni taqiqlovchi shartnoma bekor qilinishi bilan Oltin bozori rivojlandi. Chunki bu shartnoma AQSH rezedentlariga xususiy ravishda oltin quymalarini saqlash imkonini bermas edi. Oltin savdosining erkinlashtirilishi Nyu-York va Chikago tovar birjalaridagi xalqaro pul bo-zorini oltin fyuchers shartnomalari asosida amaliyotlar olib boruvchi yirik markazga aylantirdi. U markazlarda oltin yetkazib berish boʻyicha dunyoning 90% fyuchers shartnomalari imzolanadi.

Xalqaro telekomunikatsiyaning yuksak daraja rivojlanishi ham maxsus kompyuter tarmoklari orqali oldi-sotdi shartnomalarni tuzishga zamin yaratdi. Bunday savdoda fakatgina ol-tinni yetkazib berish sharti koʻrsatiladi, haridor va sotuvchining kayerda joylashgani ahamiyatli emas. Oltin ishlab chiqaruvchi mamlakatlar va xususiy zaxira egalari oltin sotuvchilar hisoblansa, xususiy firmalar, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, investorlar, tezavra-torlar, Markaziy banklar va maxsus fondlar uning isteʼmolchilaridir. Deyarli barcha mamlakatlarning Markaziy banklari oltinni xalqaro zaxira tarkibida saqlaydilar. Jahonda turli davlatlarning oltin zaxiralari hajmi turlicha. Mas, bu koʻrsatkich AQShda 8,1 ming t, Germaniyada 3,5 ming t, Fransiyada 3 ming t, Italiyada 2,5 ming t va Xalqaro valyuta fondida 3,2 ming t ga teng . Bir yil davomida eng koʻp oltin ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga JAR (394 t), AQSH (335 t), Avstraliya (285 t), Xitoy (183 t), Rossiya (165 t), Kanada (157 t), Peru (134 t) va Oʻzbekiston (84 t) kabi davlatlar kiradi (2002).

Fayzulla Mullajonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil